"Italian World Cup 2025" da o‘zbekistonlik kikbokschilar 22 ta medal sovrindori bo‘lishdi

10.03.2025, 15:30

Joriy yilning 5–9 mart kunlari Jesolo shahrida o‘tkazilgan musobaqada yurtimiz sharafini 28 nafar sportchi himoya qilib, umumiy hisobda 22 ta medalni qo‘lga kiritdi:

11 ta oltin,

6 ta kumush,

5 ta bronza.


Musobaqada Hasan va Husan Baratovlar K-1 va Low Kick yo‘nalishlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Jahon kubogi chempionlari bo‘lishdi. 


Shuningdek, Xurshida Jalilova Light Contact yo‘nalishida tengsiz ekanligini isbotlab, Jahon kubogi sohibasiga aylandi.


Mazkur natijalar yurtimizda kikboksing sportiga qaratilgan katta e’tibor va sportchilarimizning yuksak tayyorgarligi natijasi ekanligini yana bir bor isbotladi.

AOKA jamoasi xalqimizni, jumladan, kikboksing sport ustalari va ustozlarni zafar bilan samimiy qutlaydi! O‘zbekiston terma jamoasining ushbu yorqin g‘alabasi kelgusi musobaqalarda ham yuksak natijalarga erishish uchun shijoat va kuch-g‘ayrat bag‘ishlashiga ishonamiz! 

Oltin, kumush va bronza medallari sohiblari bilan ушбу ҳаволада tanishishingiz mumkin

Увеличить на0%