Dezinformatsiyaga qarshi kurashda AOKA va Meta hamkorligi kengaytiriladi
Bugun AOKAda Meta kompaniyasining Markaziy Osiyo, Mongoliya, Shri-Lanka va Maldiv orollari bo‘yicha davlat siyosati masalalari bo‘yicha rahbari Senura Abeyvardena bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi platformalarida amalga oshirilayotgan moderatsiya jarayonlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, sun’iy intellekt vositalari yordamida platformalar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda ish unumini oshirish, vaqt tejash va sifat-mazmunni saqlab qolish kabi masalalar bo‘yicha kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tushuntirish berildi.
O‘zbekistonda davlat organlari va idoralari Axborot xizmatlari xodimlarini malakasini oshirish borasida taklif va mulohazalar bildirildi.
Meta vakillari AOKA va Agentlik qo‘llab-quvvatlashi orqali O‘zbekistonda axborot xavfsizligini kuchaytirish, dezinformatsiyaga qarshi kurashishda hamkorlikka doim tayyorligini bildirdi.