Feyk kontent turlarini bilasizmi?
O‘z ishini davom ettirayotgan V milliy konferensiya davomida “Yangi media ta’lim markazi” NTT rahbari Beruniy Alimov "Dezinformatsiya va feyk kontent tarqalishining oldini olishda sun’iy intellekt texnologiyalarining kognitiv monitoringi va algoritmik tahlil vositasidagi salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari" mavzusida matbuot kotiblari uchun trening o‘tib berdi.
Taqdimotda sun’iy intellektning afzalliklari va kamchiliklari, dezinformatsiya, mizinformatsiya, malinformatsiya farqlari va tasnifi, feyk kontent turlari, dezinformatsiya oqimida sun’iy intellektning roli, konitiv monitoring, algoritmik tahlil mohiyati haqida tahliliy ma’lumotlar berildi.
Mavzudan kelib chiqqan holda axborot xizmatlari faoliyatida yengillik yaratishi mumkin bo‘lgan foydali sun’iy intellekt vositalari tavsiya qilindi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda sun’iy intellektni qo‘llanishning texnologik imkoniyatlari tahlili taqdim etilib, uning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy takliflar berildi.
Ma’lumot uchun: Milliy konferensiya panel sessiyalarining ikkinchi qismi davom etmoqda.