Axborot xizmatida ichki kommunikatsiya va xorij OAVda tashkilot faoliyatini yoritish tajribasi
“Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida V milliy konferensiyaning panel sessiyalari boshlandi. Sessiyaning birinchi qismida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot kotibi Sevara Zakirova hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi axborot xizmati rahbari Lola Rahmanbayeva "Axborot xizmatida ichki kommunikatsiyani institutsionallashtirish: korporativ modellar va samarali aloqa usullari" bo‘yicha taqdimot o‘tkazishdi.
Taqdimotda –
Korporativ kommunikatsiya modellari va ichki axborot oqimi;
Kommunikatsiya tizimida muloqot kanallari, muntazam fidbek va samarali aloqa usullari;
Liderlik va o‘zaro ishonch asosidagi ichki muhitni rivojlantirish yuzasidan malakaviy ko‘nikmalar taqdim etildi.
Turizm qo‘mitasi matbuot kotibi Munisa Asilxo‘jayeva hamda Milliy statistika qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Usmon Abdurasulov xorijiy ommaviy axborot vositalarida tashkilot faoliyatini yoritishda xalqaro media tajribalar bilan o‘rtoqlashdi.
Unda xorijiy OAV bilan munosabatlar strategiyalari va transchegaraviy axborot siyosati; xalqaro OAVda material berilishi uchun umumiy talab va standartlar borasida ma’lumotlar berishdi.
Panel sessiya yig‘ilishi sohadagi muhim va dolzarb mavzularda davom etmoqda. Bundan tashqari, Milliy konferensiya doirasida axborot xizmatlari rahbarlari uchun “Yangi media ta’lim markazi” NTT rahbari Beruniy Alimov ishtirokida "PR Lab – Axborot xizmatlari ustaxonasi" – sohaviy va amaliy media ko‘nikmalar, innovatsion yondashuvlarga bag‘ishlangan intensiv trening o‘tkazish ko‘zda tutilgan.