“Eng yaxshi axborot xizmati” tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

01.07.2025, 13:25

Toshkent viloyatining Olmos dam olish zonasida davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimliklar axborot xizmatlari, hududiy boshqarmalar rahbarlari uchun an’anaviy “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” V milliy konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirni ochib bergan AOKA direktori Asadjon Xodjayev, so‘zining avvalida, ishtirokchilarni yaqin kunlarda bo‘lib o‘tgan kasb bayrami bilan samimiy qutladi.


Bugungi kunda — geosiyosiy ziddiyatlar, gibrid urushlar va axborot orqali ta’sir o‘tkazish zamonida — axborot xizmatlari endi faqat “ma’lumot tarqatuvchi” emas, balki axborot frontidagi asosiy kuchdir, desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Sun’iy intellekt, dipfeyklar, fishing va feyk xabarlar, dezinformatsiya — bularning barchasi har kuni faoliyatimizni yanada murakkablashtirmoqda. Shuning uchun axborot xizmatlari nafaqat javob beruvchi emas, balki oldini oluvchi, “aqlli” xavflar tahlilchisi sifatida proaktiv shaklda faoliyat olib borishi nihoyatda zarur, deya ta’kidladi Xodjayev o‘z nutqida.


Milliy konferensiyada so‘zga chiqqan Milliy Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Akramjon Fozilov, “Yangi media ta’lim markazi” NNT direktori Beruniy Alimov bugungi kunda keng islohotlar, axborot xizmatlari faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, keng ko‘lamli tadbirlar samarasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlar, matbuot kotiblarining professional va salohiyatli o‘sishlari kuzatilayotganini qayd etdi.

Xabar berilganidek, Milliy konferensiya ochilish marosimida “Eng yaxshi axborot xizmati” tanlovi hamda “AOKA spartakiadasi” musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi.


“Eng yaxshi axborot xizmati” tanlovida quyidagilar g‘olib deb topildi:

Hududiy axborot xizmatlari yo‘nalishda:

1-o‘rin Yangihayot tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Abdushukurova Maftunaxon Hikmatilla qizi

2-o‘rin Angor tumani hokimligi axborot xizmati Jumayeva Gavhar Toshtemirovna

3-o‘rin Uchtepa tumani hokimligi axborot xizmati rahbari To‘rayev To‘rabek Ergashevich

4-o‘rin Nukus shahar hokimligi axborot xizmati Elmira Sagalatdinova Shakirbayevna

5-o‘rin Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Pardayev Erkin Egamberdi o‘g‘li

Respublika tashkilotlari va hokimliklar axborot xizmatlari yo‘nalishida:

1-o‘rin “O‘zarxiv” agentligi Axborot xizmati rahbari Anvarjon Aliyev

2-o‘rin Biznes-ombudsman devoni Axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova

3-o‘rin Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova

4-o‘rin Bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari Husan Tangriyev

5-o‘rin Xorazm viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Adambayev Odilbek Jumabayevich

Bundan tashqari, voleybol yo‘nalishida jamoaviy 3 ta guruh, ayollar va erkaklar o‘rtasida shaxmat-shashka, tennis sporti bo‘yicha 1-,2- va 3- o‘rin g‘oliblari taqdirlandi, shuningdek, “Eng yaxshi axborot xizmati” tanlovi g‘oliblariga rag‘batlantiruvchi pul mukofoti va diplom, sport musobaqasi g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.


Milliy konferensiya panel sessiya yig‘ilishlarida o‘z ishini davom ettirmoqda.

Увеличить на0%