“Eng yaxshi axborot xizmati” tanlovining final bosqichi o‘tkazilmoqda
Ma’lumki, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan har yili “Axborot xizmatlari faoliyati: ochiqlik, tezkorlik va xolislik bosh mezon” mavzusida milliy konferensiya tashkil etish an’anaga aylangan.
Joriy yilda beshinchi bor o‘tkazilayotgan konferensiya doirasida “O‘zbekiston–2030” strategiyasida belgilangan tegishli band ijrosini ta’minlash maqsadida AOKA tomonidan axborot xizmatlari o‘rtasida e’lon qilingan “Eng yaxshi axborot xizmati” tanlovining uchinchi bosqichi sinovlari bo‘lib o‘tmoqda.
Tanlovda ikki guruh: respublika bosqichiga yetib kelgan davlat organlari va hokimliklar hamda hududiy tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari beshta shart bo‘yicha bellashdilar. Shartlar quyidagilardan iborat:
1-shart: “Media-vizitka” – 3 daqiqalik videorolik taqdimoti;
2-shart: Stimulyatsiya – “Inqiroz vaziyatida axborot xizmati qanday harakat qiladi?”
3-shart: Blis-savollar
4-shart: Debatlar – “Fikr dueli”
5-shart: “Qiyin hujjatni sodda tushuntir”
Ma’lumot uchun: Tanlov jarayonida matbuot kotiblari yig‘gan ballar teng bo‘lib qolganda qo‘shimcha savol-javoblar bilan g‘olib aniqlanadi.
Ayni vaqtda tanlov shartlari davom etmoqda. G‘oliblar ertaga konferensiya ochilish marosimida e’lon qilinadi.