AOKAda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni nishonlandi

27.06.2025, 14:09

Agentlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlar rahbarlari, xodimlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbir avvalida AOKA direktori Asadjon Xodjayev yurtboshimizning soha xodimlariga tabrigini o‘qib eshittirdi.


"Bugun ayrim mamlakatlarda notinchlik, urush tahlikasi soya solib turgan bir davrda, biz eng oliy ne’mat – tinchlik shukuhida yashayapmiz. O‘zbekiston yildan yilga investitsion, turistik potensiali yuqori davlatga aylanib bormoqda. Vatanimizning turli soha va tarmoqlarda yuksalib borib, dunyoga bo‘ylashayotgan taraqqiyotida axborot soha jonkuyarlarining ham xizmatlari beqiyos.


Bugun biz aholining, yoshlarning mediasavodxonliklarini oshirish, tezkor, sifatli va xolis axborotlarni yetkazish, davlat organlari ochiqligi va shaffofligini ta’minlash va boshqa tegishli vazifalarni amalga oshirishda kamarbasta bo‘lib jamoaviy ish olib bormoqdamiz. Fursatdan foydalanib, barchangizni bugungi bayram bilan chin yurakdan qutlayman!", deya samimiy tilaklarni izhor etdi A.Xodjayev.


Bayram tadbirida, shuningdek, direktorning birinchi o‘rinbosari Dilshod Sayidjonov, o‘rinbosar G‘ayrat Bozorov, bo‘lim boshliqlari, hududiy boshqarma va tizim tashkilotlar rahbarlari so‘zga chiqib, bayramona qutlovlarni bildirishdi.


Увеличить на0%