“O‘zbekiston matbuoti arxiv hujjatlarida” foto-ko‘rgazmasi: moziyni aks ettirgan tasvirlar

26.06.2025, 12:26

Bugun Toshkent Fotosuratlar uyida “O‘zarxiv” agentligi, O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi, O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi, Toshkent Fotosuratlar uyi, O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivi hamkorligida 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan foto ko‘rgazma tashkil etildi.


Ko‘rgazmada O‘zbekiston Kinofotofono hujjatlari milliy arxivida saqlanayotgan 1928-2021-yillarga oid, O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalarining rivojlanishini aks ettiruvchi 150 dan ortiq fotohujjat namoyish etildi.


Shuningdek, davriy nashrlar tahririyatlarining ijodiy uchrashuvlari, bosmaxonalar faoliyati, intervyu va suhbatlar, markaziy va hududiy, mahalliy gazeta, jurnallar hamda teleradio studiyalarining ish jarayonlari, teledastur va eshittirishlar tayyorlash, materiallar ustida ishlash, tasvirga olish va ovoz yozish jarayonlari, OAV xodimlari uchun tashkil etilgan seminarlar, davra suhbatlari, syezd o‘tkazilishi, turli mavzularga bag‘ishlangan matbuot anjumanlari aks etgan.


Bundan tashqari, televideniya va radio birinchi suxandonlari, rejissyor va operatorlari, taniqli va xalq suygan boshlovchi va suxandonlari faoliyati yoritilgan.


Ma’lumot uchun: ushbu ko‘rgazma formati va yo‘nalishiga ko‘ra ilk bora tashkil etildi.


Увеличить на0%