Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha Markazi

Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha Markazi  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining tarkibiy tuzilmasiga kiradi. Markaz 2004-yilda Aloqa va axborotlashtirish agentligi qoshida tashkil etilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 02-fevraldagi PF-4151 “Axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” farmoni bilan Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha markazi tashkil etildi.

Yuqorida tilga olingan normativ-hujjat bilan Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar aniqlandi:

Davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligi holati va darajasini tahlil qilish;

milliy axborot makonini hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish;

ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan materiallar mazmunining, shu jumladan shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyasini taʼminlashga qaratilgan qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tizimli asosda tahlil qilish;

ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi muammo va toʻsiqlarni aniqlash;

tahlil va monitoring natijalarini umumlashtirish va ular asosida tavsiyalar berish.

Tel: (99871) 209 90 20

Manzil: Toshkent sh., Chilonzor tumani, 3-kvartal, 46 uy.

E-mail: oksmm@intal.uz 

Увеличить на0%