"O'zbekiston nashriyoti" DUK

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-martdagi PQ-4640-son qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyoti hamda Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi birlashtirilib, ularning negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining “O‘zbekiston” nashriyoti davlat unitar korxonasi tashkil etildi.
Ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar, ensiklopedik asarlar, lug‘atlar, o‘quv adabiyotlari, ilmiy ommabop qo‘llanma va risolalar, badiiy hamda bolalar adabiyotlarini nashrga tayyorlash va chop etish “O‘zbekiston” nashriyotining birinchi galdagi vazifasi sifatida belgilandi. 
Ushbu yo‘nalishlardagi asarlarni nashrga tayyorlashda nashriyot O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Xalq qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi va oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tadqiqot va malaka oshirish institutlari, shuningdek, keng mualliflar jamoasi, taqrizchilar, maxsus muharrirlar hamda boshqa turli tashkilot va muassasalar bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda.

Direktor: Hayitov Umidjon To‘lqinovich
Tel.: +998 71 244-34-38
Qabul kunlari: Seshanba, payshanba: 15:00-17:00

Tashkilot saytiga o'tish

2021 yil I chorak hisoboti

2021 yil II chorak hisoboti

2021 yil III chorak hisoboti

2021 yil IV chorak hisoboti

2022 yil I chorak hisoboti

2022 yil II chorak hisoboti

2022 yil III chorak hisoboti

2022 yil IV chorak hisoboti



Увеличить на0%