"Kitob san’ati" XIX Xalqaro tanlovi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

05.09.2022, 17:00

Joriy yilning 23-24-iyun kunlari Bishkek shahrida davriy nashrlar, kitob noshirligi, kitoblarni tarqatish va matbaa sohasida hamkorlik bo‘yicha Davlatlararo Kengash va MDH Ijroiya qo‘mitasi muassisligidagi MDHga a’zo davlatlarning "Kitob san’ati" XIX Xalqaro tanlovining hakamlar hay’ati yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani ma’lum qilingan edi.

Tanlovga O‘zbekiston nashriyotlari tomonidan "Mening yurtim", "Madaniyat muloqoti", "Gʻalaba", "Bolalar uchun kitob", "Fan va ta’lim", "Kitob san’ati" nominasiyalari bo‘yicha 6 ta nashr taqdim etilgan va hakamlar hay’atining ovoz berish natijalariga ko‘ra turli g‘oliblik o‘rinlariga munosib ko‘rilgan edi.

3-sentabr kuni XXXV Moskva xalqaro kitob yarmarkasi doirasida "Kitob san’ati"  XIX Xalqaro tanlovi laureatlarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mas’ul xodimi va boshqa vakillar 4 ta 1-o‘rin va ikkita 3-o‘ringa munosib ko‘rilgan nashrlar uchun diplomlarni qabul qilib olishdi. Xususan:

● "Yangi Oʻzbekiston / Новый Узбекистан / The New Uzbekistan" kitob-albomi — 1-o‘rin;

● "Alisher Navoiyning Qozon to‘plamlaridagi qo‘lyozmalari" katalogi — 1-o‘rin;

● "O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi davrida" kitob-albomi — 1-o‘rin;

● "O‘zbekiston amaliy san’ati: an’analar davomiyligi" kitob-albomi — 1-o‘rin;

● "История Допки / Doʻpka voqeasi" bolalar uchun kitob — 3-o‘rin;

● "Eski o‘zbek yozma adabiy tili" ilmiy-ommabop nashr — 3-o‘ringa loyiq topilgan.



Увеличить на0%