Axborot-kutubxona muassasalari rahbarlari va bosh hisobchilari uchun AKM boshqaruv faoliyati bo‘yicha malaka oshirish kurslari boshlandi

17.03.2023, 16:57

AOKA Ichki audit xizmati tomonidan “Davlat auditi” dasturiy kompleksida ro‘yxatdan o‘tgan joriy yilning “Yillik ish reja”siga asosan Axborot-kutubxona markazlarida “Joriy nazorat tadbir”lari o‘tkazilgani ma'lum qilingan edi.

Ushbu tadbirlarda aniqlangan kamchiliklar hamda Axborot-kutubxona muassasalari boshqaruvida yangicha zamonaviy yondashuvlarni keng targ‘ib etish maqsadida AOKA va A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona tashabbusi bilan Respublika miqyosida AKM rahbarlari va bosh hisobchilari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.

Bugun Respublika axborot kutubxona markazida "Axborot-kutubxona faoliyati boshqaruvi asoslari" yo‘nalishida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

O‘quv kursida murojaatlar, namunaviy nizom bilan ishlash, AKTda mehnatni muhofaza qilish, "Jamoa shartnomasi"ni ishlab chiqish va ish jarayonida qo‘llash, Axborot-kutubxona faoliyatiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari ijrosini ta’minlash masalalari bo‘yicha ma’ruzalar tinglandi va tajribalar asosida o‘zaro fikr almashildi.

Malaka oshirish kursida Agentlik mas’ul xodimlari ham o‘z chiqishlari bilan ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun: O‘quv seminar-treninglari 5 kun davom etadi va bunda respublikadagi barcha axborot-kutubxona muassasalari mutasaddilari qamrab olinadi.

Увеличить на0%